Markaziy bankning bank nazorati qömitasi tomonidan 2025 yilning avgust oyidagi yiğilişlarida (9 marta) 51 ta masala körib çiqildi va tegişli qarorlar qabul qilindi.

Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida 32 ta masala, şu jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş (9 ta), yangi oçilayotgan mikromoliya taşkilotlarini hisob röyxatidan ötkaziş (8 ta), kredit taşkilotlarining ustav fondidagi uluşiga egalik qiliş uçun ruxsat beriş (3 ta), mikromoliya taşkilotini reyestrdan çiqariş (2 ta) va banklarda audit ötkaziş huquqini beriş uçun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etiş (1 ta), şuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini körib çiqiş (9 ta) bilan boğliq masalalar körildi.

Şu bilan birga, kredit taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala – Markaziy bankning körsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilişi, tijorat banklari va mikromoliya taşkilotlarida ötkazilgan inspeksiya natijalari, şuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşişga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, hududlarda muammoli kreditlarni undiriş va ular qoldiğini kamaytiriş yuzasidan işlab çiqilgan reja-grafiklar ijrosi bajarilmaganligi hamda inspeksiya tekşiruvlari davomida aniqlangan kamçiliklar uçun 14 ta bank va 2 ta tölov taşkiloti çora va sanksiyalar qöllanilişi töğrisida ogohlantirildi.

Şuningdek, Markaziy bank talablari va ötkazilgan inspeksiya tekşiruvlari davomida hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş qoidalariga rioya qilinişida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 9 ta bank, 6 ta mikromoliya taşkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qöllandi.

Bundan taşqari, ustav kapitalining eng kam miqdorini şakllantirilişi böyiça qonunçilik talablariga rioya qilinmaganligi uçun 1 ta bankka berilgan litsenziya çaqirib olindi.