Qatardagi sammit musulmon dunyosining birdamligini namoyiş etdi, ammo bu jarayon bitta savolni kun tartibiga olib çiqdi: musulmon davlatlari NATOga öxşaş harbiy ittifoq tuzişi mumkinmi? Pokiston yadroviy salohiyati, Turkiyaning dron texnologiyalari va boşqa qudratlarni birlaştiriş nazariy jihatdan kuçli blokni yaratişi mumkin. Xöş, bu amalga oşadimi? “Geosiyosat”da siyosatşunoslar Dohada Isroil hujumlari qoralangan sammit hamda islom dunyosining “NATO”si mavzularini muhokama qildi.
Dohadagi arab-islom sammiti qanday ötdi?
Bektoş Berdiyev: Qatardagi sammit arab va musulmon mamlakatlari uçun muhim voqea sifatida közga taşlandi. Bu yiğiliş ölçami va nufuz jihatidan alohida ahamiyatga ega bölib, unda Isroilning hujumi qat’iy qoralandi. Voqealar zanjiri va tez taşkil etilişi şuni körsatadiki, musulmon dunyosi muhim masalalarni muhokama qiliş uçun tezda birlaşiş qobiliyatiga ega ekanini körsatdi.
Sammitning tez va keng kölamda taşkil qilingani alohida e’tiborga loyiq: odatda bunday uçraşuvlar bir neça oy avvaldan tayyorlanişi kerak edi. Uşbu birdamlik Isroilga ta’sir körsatişi mumkin, ya’ni u ma’lum darajada xavotir uyğotdi. Bugungi musulmon dunyosi 20-30-50 yil oldingidek emasligini, siyosiy, diplomatik va taşkilot jihatdan sezilarli özgarişlar borligini tan oliş lozim.
Sammit doirasida Isroilning Qatarga qarşi harakati qat’iyan qoralangani, hatto deklarativ darajada bölsa ham katta siyosiy yutuq sifatida baholanişi mumkin. Ammo voqea tafsilotlari töliq oçiqlanmagani şubhalarga sabab bölmoqda. Xususan, hujum yönalişi va texnik jihatlari haqida aniq ma’lumotlarning yöqligi, Qatar osmonida himoya tizimlarining nima sababdan işlamay qolganiga oid savollarni paydo qilmoqda. Yana bir savol doimiy havo-kosmik operatsiyalar va uzun masofali samolyotlar uçun qanday qöşimça yoqilği ta’minoti amalga oşirilgani va kim tomonidan bu qöllab-quvvatlangani haqida ham yetarliça ma’lumot yöq. Şuningdek, Qatar va boşqa arab davlatlari vakillarining AQŞ bilan munosabatlari ham muhokama mavzusi böldi. Qatar TIV bilan AQŞ siyosiy arboblari örtasidagi uçraşuvlar bu davlatlar orasidagi kuçli boğliqlikni körsatadi. Bu boğliqlik ayrim hollarda taşqi siyosatda çeklov va ehtiyotkorlikka olib kelişi mumkin. Xulosa qilib aytganda, Qatardagi sammit arab dunosining taşkiliy va siyosiy faolligi namoyişidir. Biroq uning samarasini töliq baholaş uçun hujum tafsilotlari, harbiy-texnik dalillar va xalqaro aloqalarning yanada oşkora tahlili zarur. Şu bilan birga, bugungi arab monarxiyalari va boşqa mamlakatlarning AQŞ bilan kuçli boğlanişi ular siyosatida muhim rol öynaşini körsatadi, bu esa arablarga ba’zan muayyan çeklovlar ham olib kelişi mumkin.
Musulmon davlatlarining NATO kabi harbiy ittifoq tuzişi qançalik haqiqatga yaqin?
Umrbek Yusupov: Agar musulmon davlatlari NATOga öxşaş harbiy ittifoq tuzib, qurol-yaroğ va mudofaa tizimlarini mustaqil ravişda ta’minlaşga kirişsa, bir qança texnik va siyosiy muammolar yuzaga çiqadi. Avvalo, zamonaviy havo-hujumidan mudofaa, raaketaga qarşi tizimlar va boşqa ilğor qurollar köpinça AQŞ yoki Isroil texnologiyasiga tayanadi, bu esa yangi ittifoqning haqiqiy mustaqilligini çeklaşi mumkin. Ğarb texnologiyasi asosida tayyorlangan tizimlar bilan jihozlangan ittifoq nazariy jihatdan qudratli bölişi mumkin, ammo amaliy nazorat va ta’minot masalalari xalqaro boğliqlikni kuçaytiradi: kim texnik yordam beradi, kim yoqilği va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaydi bular muhim savollar.
Muqobil variantlar ham mavjud: Xitoy, Rossiya, Turkiya yoki Eron kabi davlatlardan texnika xarid qiliş orqali qaramlikni diversifikatsiya qiliş mumkin. Turkiya qurollar işlab çiqariş böyiça salohiyatga ega, lekin u AQŞ yoki Isroil darajasidagi texnologiyani har doim yetkazib bera olmaydi. Şunday ekan, ittifoqning samaradorligi va mustaqilligi asosan qaysi manbalarga tayanişiga boğliq böladi. Siyosiy jihatdan esa, agar bunday ittifoq amalga oşsa, u Isroilning çeklangan yoki taşabbuskor harakatlariga qarşi qarama-qarşilikni kuçaytirişi mumkin. Muayyan çoralar masalan, Falastin davlatining taşkil etilişi kabi mintaqadagi keskinlikni oşirişi va Isroilning qattiq javob çoralariga olib kelişi mumkin. Bunda AQŞ va boşqa Ğarb davlatlarining pozitsiyasi muhim rol öynaydi; ular ba’zan Isroilni oçiq qöllab-quvvatlab, yangi ittifoq harakatlarini çeklaşi yoki ogohlantirişi mumkin.
Demak texnik ta’minot va ittifoqning mustaqilligi muammolari birinçi darajali masala böladi. Muqobil yetkazib beruvçilar orqali boğliqlikni kamaytiriş mumkin, lekin bunday transferlar texnologik va siyosiy çeklovlarga duç keladi. Siyosiy oqibatlar ayniqsa Isroil va AQŞ bilan munosabatlarda muvozanatni sezilarli darajada özgartirişi mumkin.
Suhbatni töliq YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.











