“1FIT” MÇJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan reklamalarda börttiruvçi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi.

“Qömita Maxsus komissiyasi tomonidan “1FIT” MÇJga nisbatan “Reklama töğrisida”gi Qonun talablari buzilişi alomatlari bilan iş qözğatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qöllaş xaqida qaror qabul qilindi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Şuningdek, qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik yuzasidan körsatma berilgan.

Rasmiy xabarda maxsus komissiyaning uşbu qaroridan norozi bölgan tomon qömitaning apellyatsiya kengaşiga yoki sudga murojaat qiliş huquqiga egaligi eslatilgan.

Raqobat qömitasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, kompaniya “Reklama töğrisida”gi qonunning 16-moddasini buzgan deb topilgan. Qonunning uşbu moddasida nomaqbul reklamaga yöl qöyilmasligi belgilangan.

Şuningdek, qonunda notöğri, axloqsiz, yaşirin reklama, şuningdek uşbu qonun talablariga mos kelmaydigan boşqa reklama nomaqbul reklama deb baholanişi nazarda tutilgan. “Reklama töğrisida”gi qonunning 47-moddasiga muvofiq, nomaqbul reklama berganlik, aksilreklamani berişni rad etganlik bazaviy hisoblaş miqdorining yetmiş baravari miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilangan. Bu miqdor bugungi kunda 28 mln 840 ming sömni taşkil qiladi,

Avvalroq, Toşkent viloyati Çirçiq şahridagi bekatlardan birida örnatilgan “60 yoşda ham avtobus kutib işga borişni istamasangiz, farzandingizga til örgating” mazmunidagi reklama e’tirozlarga sabab bölgani ma’lum qilingandi. Raqobat qömitasining aralaşuvi bilan, bu reklamalar barça bekatlardan olib taşlandi. Qonunga köra, reklamada ijtimoiy mavqega qarab kamsitiş taqiqlangan.