Artemis II missiyasining tört nafar astronavt bilan Oy atrofidagi parvozi kelasi yilning aprel oyidan oldin amalga oşirilmaydi, deb xabar berdi NASA ma’muriyati yordamçisi Lakiş Hokins matbuot anjumanida.

Uning sözlariga köra, parvozga asosiy tayyorgarlik 2026 yil fevral oyida yakunlanişi kerak. Şu bilan birga, u missiyaning asosiy ustuvor vazifasi boşqariladigan Orion kemasi ekipajining xavfsizligi ekanini ta’kidladi. U Oy atrofini bir marta aylanib çiqişi va Yerga qaytib, Tinç okeaniga qönişi kerak.

Artemis I missiyasi doirasida Orion kosmik kemasi bilan SLS eltuvçi raketasining birinçi sinov parvozi 2022 yil noyabr oyida amalga oşirildi.

2027 yilda Artemis III missiyasi davomida kema astronavtlar bilan birga Oyga qönişi kerak. 2028 yilda boşqariladigan Artemis IV missiyasi rejalaştirilgan bölib, uning doirasida Orion kemasi Oy atrofidagi stansiya bilan boğlanadi, söngra astronavtlar yana bir bor Oy yuzasiga qönadi.

Inson oxirgi marta 1972 yil dekabr oyida Oyga uçgan - bu Amerikaning Apollo 17 missiyasi edi. Astronavtlar Yujin Sernan va Harrison Şmitt Oy yuzasida taxminan 3 kun bölib, Yerga muvaffaqiyatli qaytgan.