Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Yutong kompaniyasi O‘zbekistonga 100 ta elektrobus jo‘natdi
O‘zbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi jo‘natildi.
Foto: Transport vazirligi
Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida 2025 yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoyning Yutong kompaniyasi g‘olib bo‘lgan edi.
Kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq harakat tarkiblarini yetkazib berish jarayoni boshlandi. Mazkur loyiha Xitoyning Eximbanki hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. Barcha elektrobuslarni jo‘natish jarayoni joriy yilning sentabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
21:42 / 14.03.2026
Xitoyda politsiya keksa ayolni cho‘chitib yuborgan robotni “qo‘lga oldi”
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
23:15 / 13.03.2026