Donald Trampning AQŞ 45- va 47-prezidenti sifatidagi ikkita portreti örtasida avtopero – avtomatik imzo yoki dastxat qöyiş qurilmasi surati paydo böldi. Tegişli suratni Oq uy 24 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
Avtopero Jo Baydenning prezidentlik muddati oxirida çiqarilgan hukmlarni yumşatiş yoki mahbuslarni afv etişda işlatilgan. Uning özi bu qarorlarni oğzaki ma’qullaganini, yordamçilari esa «gap juda köp hujjatlar haqida ketayotgani» uçun avtoperodan foydalanganini aytgan.
Trampning ta’kidlaşiça, Baydenning afv etiş töğrisidagi qarorlari haqiqiy emas, çunki ular avtopero yordamida imzolangan. Trampning aytişiça, qurilmadan sobiq prezidentga bildirmasdan foydalanişgan, Baydenning özi buni rad etib kelmoqda.
Donald Tramp ikkinçi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyin sobiq prezident Barak Obamaning portretini Oq uyning yopiq qismiga köçirişni buyurdi. Tramp, şuningdek, katta Jorj Buş va kiçik Jorj Buş portretlarini kamroq körinadigan joylarga köçirişni talab qildi.

















