Şavkat Mirziyoyev AQŞga safari çoğida 22 sentabr kuni davomida bu davlatdagi işbilarmonlar, nufuzli moliya taşkilotlari rahbarlari va investorlar bilan uçraşdi. Bir neça soat içida prezident 16 nafar şunday bankir, moliyaçi, iqtisodçi va xalqaro taşkilotlar rahbarlarini qabul qildi.
«Citigroup» AQŞning eng yirik moliyaviy korporatsiyalaridan hamda davlatdagi 3-eng yirik bank ham hisoblanadi. Uning raisi Jon Dugan bir neça bor Mirziyoyev bilan körişgan. «Citigroup» Özbekistonda ham vakolatxona oçgan, Toşkent asosiy moliyaviy işlarini bu korporatsiyaga işonib ham topşirmoqda.
Kun.uz bilan gaplaşgan Jon Duganga köra, u prezident bilan köplab mavzular qatori - Özbekistonning kredit reytingini oşirişni ham gaplaşgan.
“Xabaringiz bor, biz Özbekistonda vakolatxona oçiş orqali mamlakatdagi iştirokimizni kengaytirişga juda iştiyoqmand edik. Prezident bu borada katta yordam berdi va nihoyat, şu yozda vakolatxonamizni oçdik. U yerdagi iştirokimiz kengayganidan mamnunmiz.
Söngra biz mamlakatning kredit reytingini yaxşilaşga yordam berişda ham iştirok etdik. U ikki poğonaga kötarildi va uning yana bir poğona kötarilib, investitsion darajaga yetişini intiqlik bilan kutyapmiz va bunga umidimiz katta. Agar mamlakat bunga erişa olsa, bu haqiqiy yutuq böladi. Bular ikkita narsa. Uçinçidan, biz mamlakat uçun qarz majburiyatlarini çiqarişda faol iştirok etdik va bu jarayonga rahbarlik qildik. Bu biz uçun ajoyib topşiriq böldi. Natija Özbekiston uçun a’lo böldi, deb öylaymiz”,-deydi Dugan.
Siz Özbekistonda öz vakolatxonangizni oçdingiz. Bu siz uçun nimani anglatadi?
“Bu bizning yaqinroq ekanimizni anglatadi. Biz deyarli 100 ta mamlakatda bevosita faoliyat yuritamiz va bu iştirokni oqlaydigan darajada biznes mavjud bölganda, jismoniy vakolatxonaga ega böliş juda muhim. Bu bizning biznesni juda amaliy tarzda yuritiş usulimiz bölib, dunyodagi heç bir bank global iştirok va qamrovimizga teng kela olmaydi. Şunday ekan, u yerda böliş nafaqat bizning faoliyatimiz körsatkiçi, balki Özbekiston öz iqtisodiyotini dunyoga oçişda qançalik muhim va muvaffaqiyatli bölganining ham belgisidir”.
Özbekistonda biror xavf-xatarni köryapsizmi?

















