Rossiya heç qaçon zaiflik körsatmaydi, agar kimdir u bilan «öçakişmoqçi» bölsa, javob oladi, dedi prezident Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubining yalpi majlisida.
«Agar kimdadir harbiy sohada biz bilan tenglaşiş istagi paydo bölsa, marhamat, özini sinab körsin. Rossiya bir neça bor isbotladi: xavfsizlikka, tinçlikka, fuqarolarimizning osoyiştaligiga, suverenitetimizga va davlatçiligimizga tahdid paydo bölganda, biz tezda javob beramiz. Provokatsiya qiliş kerak emas», deb ogohlantirdi davlat rahbari.
Uning sözlariga köra, bunday urinişlar «provokatorning özi uçun yomon tugaydi».
«Tariximiz şuni isbotladiki, zaiflikka yöl qöyib bölmaydi, çunki u qaysi masalani kuç bilan hal qiliş mumkinligi haqida vasvasa, sarob yaratadi. Rossiya heç qaçon zaiflik va qat’iyatsizlik körsatmaydi», deb ta’kidladi u.
Şu bilan birga, Putin Yevropa mamlakatlarining harbiylaştiriş siyosatiga javob qaytarişini ma’lum qildi.
«Tahdidlarga javob, yumşoq qilib aytganda, juda işonçli böladi. Aynan javob. Biz özimiz heç qaçon harbiy qarama-qarşilik taşabbuskori bölmaganmiz. U ma’nosiz, keraksiz va şunçaki bema’ni, u haqiqiy muammolar va çaqiriqlardan uzoqlaştiradi», deb qöşimça qildi Putin.

















