AQŞ prezidenti Donald Tramp Falastinning HAMAS harakatini garovga olingan barça isroilliklarni tezda ozod qilişga çaqirdi, aks holda «barça takliflar bekor qilinadi».
«Men köpçilik ehtimoliy deb hisoblagan keçikişlarga yoki Ğazo uçun yana xavf tuğdiradigan har qanday natijaga toqat qilmayman», deb yozdi davlat rahbari Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Donald Tramp garovga olinganlarni ozod qiliş uçun Isroilning jangovar harakatlarni töxtatiş qarorini qadrlaşini qöşimça qildi: «Keling, buni tezroq tugataylik. Hammaga adolatli munosabatda bölamiz».
AQŞ Ğazo sektoridagi mojaroni hal qiliş böyiça 20 banddan iborat rejani taklif qildi. U barça garovga olinganlarni ozod qiliş, HAMAS harakatining taslim bölişi, Ğazo sektoriga insonparvarlik yordamiga ruxsat beriş va eksklavni vaqtinçalik ma’muriyat nazoratiga ötkazişni öz içiga oladi. Isroilning N12 telekanali ma’lumotlariga köra, tomonlar muzokaralarni 5 oktyabr kuni Misrda boşlaydi.

















