Metroda tuğilgan çaqaloq va onasiga umrbod metrodan bepul foydalaniş kartasi beriladi. Bu haqda Metropoliten axborot xizmati xabar berdi.
“Ğafur Ğulom bekatida çaqaloqning dunyoga kelişi köpçilikni hayratda qoldirdi. Toşkent metropoliteni rahbariyati uşbu unutilmas holat munosabati bilan onaga va tuğilgan farzandiga butun umr bepul metrodan foydalaniş huquqini beruvçi maxsus kartani topşirişi rejalaştirilgan. Bu sovğa metro xodimlari fidoyiligi va insonparvarligi timsoli bölib, poytaxt Metropoliteni tarixida alohida örin tutadi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, çaqaloq tuğilişida birinçi yordam körsatgan navbatçi xodima Naima Maxamadjonova hamda jarayonda iştirok etgan bir qator metro xodimlari ham rağbatlantirilişi nazarda tutilgan.
“Meni köproq javobgarlik qörqitdi. Ona va bolaga heç narsa bölmasin, degan hayajon böldi. Bizga bekorga birinçi yordam köratişni örgatişmagan ekan. Dunyoga kelgan çaqaloq qizaloq. Tuğilganida kökarib qoldi. Boşida nafas olayotganini sezmadim. Ozgina yelkalarini işqalab kördik, onasining bağriga qöydik, sal közlarini oçganday böldi. Orqasiga sekin urib qöygandik, keyin yiğlaşni boşladi. Ovozini eşitgandan keyin xursand bölib ketdim. Kindigini kesolmadim, infeksiya tuşadi deb qörqdim. Lekin boğlab qöydim. Çunki bolaning soğligiga kerak edi u narsa”, degan Naima Maxamadjonova.
Hozirda ona va bolaning soğligi yaxşi. Ular öşa vaqtda şifoxonaga yetkazilgan.
Keça metroning Ğafur Ğulom bekatida ayol farzandini dunyoga keltirgandi.

















