AQŞ Kiyevga Patriot havo mudofaa tizimlari va ular uçun raketalar sotib oliş imkoniyatini oçdi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida.

«Amerikaliklar Patriot sotib oliş imkoniyatlarini, nafaqat raketalarni, balki tizimlarni ham oçdi. Endi masala faqat pulda. Ya’ni köryapsizmi, plyuslar ham, minuslar ham bor», dedi u.

Zelenskiyning ma’lum qilişiça, qişda Ukrainani himoya qiliş köp jihatdan AQŞdan sotib olinadigan havo hujumidan mudofaa raketalariga boğliq. Kiyevning ittifoqçilari orasida buni tuşunadigan va PURL (Prioritised Ukraine Requiremens List - Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari röyxati) dasturi doirasida moliyalaştiradigan «juda mas’uliyatli davlatlar» bor. U Germaniya, Niderlandiya, Kanada, Şvetsiya, Daniya, Norvegiya, Belgiya, Boltiqböyi mamlakatlari va boşqalarni sanab ötdi.

Zelenskiyning sözlariga köra, Kiyev ittifoqçilar bilan ularning qurol sotib olişga hissasi böyiça qayta muzokaralarni boşlagan. «Çunki biz boşqa davlatlarda tezlikni körmayapmiz. Afsuski. Şuning uçun vaziyat bugungi kunda uşbu davlatlarga boğliq», dedi Ukraina prezidenti.

Gap aynan qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Şu bilan birga, Zelenskiy AQŞ tomonidan xaridlar uçun heç qanday tösiq yöqligini yana bir bor ta’kidladi.

Yozda AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga 17 ta Patriot majmuasini yetkazib berişga tayyorligini e’lon qildi, uning sözlariga köra, ular uçun Yevropa davlatlari pul tölaydi, u bir neçta tizimlarni «juda tez» yetkazişga va’da berdi. Zelenskiy Ğarbdan havo hujumidan mudofaa, jumladan, Patriot yetkazib berişni köpaytirişni bir neça bor söragan.

Rossiya Kiyevga qurol yetkazib berilişiga qarşi. Yevropa davlatlari Ukrainani harbiy qöllab-quvvatlaşni davom ettirib, «özlariga zarar bermoqda», deb ta’kidladi TIV.