Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alişer Tursunov 8 oktyabr kuni sud hukmi bilan 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbiri uning suddagi sönggi nutqini qoğozga tuşirdi.
«Assalomu alaykum, uşbu zalda hozir bölganlar.
Men, Mubaşşir Ahmad 5 oy oldin boşlangan tergov jarayoni va sud majlislarida Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi böyiça ayblanyapman.
Garça advokatlarim diniy qömita ruxsatisiz diniy material tarqatişga doir ayblovlarni bekor qilişni söragan bölsa ham, men şunday materiallar tarqatganimni tan olaman. Çunki men bu paytda Turkiyada bölganman: buning uçun Özbekistondagi idoradan ruxsat söraş kerakligini bilmaganman va bunga jismonan imkonim ham bölmagan.
Qolgan ikkita ayblovlar (jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tarqatiş va milliy adovat qözğatiş) böyiça tergovda ham aybim yöqligini aytganman. Sud jarayonlarida ham bu ayblovlar öz isbotini topmaganini kördik. Hozir ham bu ayblovlarga qöşilmayman.
Endi ayrim mulohazalarimni aytsam.
Dinimizda ham, hayotimizda ham biror işni bajarganda öşa insonning niyati va qasdi juda muhim hisoblanadi. Masalan, kişi öz oilasini boqiş uçun pul topaman, deb işga borib kelsa ham savob oladi.
Xuddi şuningdek, insonlar orasidagi munosabatlarda ham işlar niyatlarga boğliqdir. Men yozgan barça işlarim, maqolalarimda niyatim xolis bölgan, odamlarga yaxşilik ulaşiş edi.
Xususan, ayblov qöyilgan materialda (Isroilning Ğazodagi genotsidiga doir) ham odamlarning, ayniqsa yoşlarning ketib qolişi oldini oliş, vaziyatni tuşuntiriş maqsad qilingan edi.
Milliy adovat qözğatiş haqidagi ayblovlarga ham qöşilmasligimning sababi bor. Çunki men doim millatlararo totuvlikka çaqirganman. Riyo uçun emas, sud buni hisobga olişi uçun bu borada qilgan 2 ta katta işimni aytsam.
Birinçisi. Bir neça yil oldin Nukusda odamlar namoyişlarga çiqib, «Qoraqalpoq voqealari» deb nomlangan voqealar bölib ötdi. Şunda Özbekiston Prezidenti administratsiyasining iltimosiga köra, murojaat bilan çiqib,
















