Putin 2024 yil dekabr oyi oxirida «Ozarboyjon havo yöllari» aviakompaniyasining yölovçi samolyoti halokatga uçraşida Rossiya javobgar ekanini tan oldi. Ozarboyjon poytaxti Bokudan Rossiyaning Grozniy şahriga parvoz qilgan Embraer E190 layneri ukrain dronlarining Çeçenistonga hujumi tufayli yönalişini özgartirgan va Kaspiy dengizi uzra uçib, Qozoğistonga yöl olgandi, ammo samolyot muvaffaqiyatsiz qönişni amalga oşirgan, natijada bortda bölganlardan 38 nafari halok bölgan, faqat 29 kişi tirik qolgandi.

Ozarboyjon samolyotni Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi uçirgan raketa urib tuşirganini da’vo qilib keladi. Moskva hodisa uçun aybini tan olişdan boş tortgan, bu esa mamlakatlar örtasida diplomatik mojaro keltirib çiqargandi. 9 oktyabr kuni ikki mamlakat rahbari Tojikiston poytaxti Duşanbe şahridagi sammit doirasida uçraşdi. Quyida Putinning uşbu uçraşuvdagi gaplari keltiriladi.

***

Uçraşuvimizni eng nozik mavzudan – osmonimizda yuz bergan aviatsiya fojiasidan boşlamoqçiman. Öşandayoq, telefon orqali qilgan birinçi suhbatimizda fojia aynan Rossiya osmonida sodir bölgani uçun nafaqat uzr söraganman, balki halok bölganlarning oila a’zolariga ham samimiy hamdardlik bildirganman. Men bularning hammasini takrorlab, davom ettirib, şuni aytmoqçimanki, biz, albatta, kelişib olganimizdek, tergovga har tomonlama yordam beryapmiz.

Tergov jarayoni yakunlanmoqda va hozir bu fojianing sabablari haqida gapiriş mumkin. U bir neça holatlar bilan boğliq. Birinçisi, fojia röy bergan kuni Rossiya osmonida Ukraina dronlari bölgan. Biz Rossiya çegarasini kesib ötgan uçta dronni bir vaqtning özida kuzatganmiz.

Ikkinçi sabab – Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimidagi texnik nosozliklar. Otilgan ikkita raketa samolyotga töğridan-töğri zarba bermadi, agar şunday bölganida, u şu joyda yerga qular edi. Raketalar bir neça metr, taxminan ön metr masofada portladi... Laynerga raketaning zarba beruvçi elementlari emas, katta ehtimol bilan parçalari urilgan.

Aynan şuning uçun uçuvçi buni quşlar galasi bilan töqnaşuv sifatida qabul qildi va bu haqda rossiyalik dispetçerlarga xabar berdi va bularning barçasi «qora qutilar»da qayd etilgan.

Unga Maxaçqal’aga qönişni taklif qilişgandi va bu ham «qora qutilar»da bor, yaxşi eşitilmoqda, lekin u baza aeroportiga, keyin esa Qozoğistonga qaytişga qaror qildi. Şunga qaramay, fakt faktligiça qolaveradi.

Albatta, bunday fojiali holatlarda talab qilinadigan hamma narsa Rossiya tomonidan amalga oşiriladi, jumladan kompensatsiyalar böyiça, şuningdek, barça mansabdor şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.