Rossiya armiyasiga yollangan holda Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan Özbekiston fuqarosi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Namangan şahrida yaşovçi 1970 yilda tuğilgan R.K. 2023 yilning may oyida mavsumiy işlaş maqsadida Rossiyaga borgan. Patent oliş maqsadida federal migratsiya xizmati idorasiga borganida FMX xodimlari unga patent berilmasligini, biroq Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etsa Rossiya fuqaroligi berilişini hamda bemalol işlaşi mumkinligini aytgan.
R.K. 2023 yil iyun oyida uruşga boriş uçun öz hoxişiga köra Rossiya Qurolli kuçlari bilan bir yillik şartnoma imzolagan. Unga “Ded” laqabi berilgan. Erkak Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşayotganligi uçun 700 ming rubl miqdorida bir martalik mukofot puli va har oy örtaça 150-200 ming rubl oylik maoş olib kelgan. R.K. uruşda haydovçi-mexanik bölgan va Belgorod şahridagi harbiy qismda uruş maqsadlarida foydalaniladigan harbiy transport vositalarini texnik ta’mirlaş işlari bilan şuğullangan.
R.K. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va uruşga ozroq bölsa-da pul topib, rözğoriga işlatiş maqsadida borganini aytgan.
“2023 yil may oyida işlaş uçun Sankt-Peterburg şahriga bordim. Şahardagi federal migratsiya xizmati idorasiga patent oliş maqsadida murojaat qilganimda avval Rossiya hududida xuquqbuzarliklar sodir etganim uçun menga patent berilmasligini aytişdi. Işlaşim kerak, patent beringlar dedim. Şunda Rossiya qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzişimni maslahat berişdi va bu orqali Rossiya fuqaroligini olişim mumkinligini ma’lum qilişdi. Men bu taklifga rozi böldim.
Sankt-Peterburg şahridagi Mudofaa işlari bölimiga borib, Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etiş maqsadida şartnoma imzolaş uçun ariza topşirdim. Faqat 50 yoşgaça bölgan fuqarolar harbiy xizmatga olinayotganini, 50 yoşdan oşganlar esa front ortida xizmatga jalb etilayotganini bildirişdi. Oradan bir neça hafta ötgaç Mudofaa işlari bölimi xodimi aloqa çiqib, menga kamida 1 yil muddatga şartnoma tuzişni taklif qildi. 2023 yil 25 iyul kuni 1 yil muddatga şartnoma imzoladim.
Menga şaxsiy jiton raqami berildi. Yoşim katta bölgani uçun “Ded” şartli nomi bilan hujjatlaştirişdi. U yerda hammaga alohida ism qöyib, hujjatlaştirişadi. Öşa vaqtda menga 700 ming rubl mukofot puli berildi”, degan erkak suddagi körsatmasida.
Şundan söng R.K. 2023 yil iyul-avgust oylarini Sankt-Peterburg şahridagi maxsus harbiy bazada boşqa yollanma harbiy xizmatçilar töplanişini kutib ötkazgan. Şartnoma imzolagan yollanma harbiy xizmatçilar töplangaç ular yoşiga qarab saralangan.


















