Putin 9 oktyabr kuni Tojikistonga davlat taşrifi bilan keldi. U Duşanbeda MDH davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişi doirasida ozarboyjonlik hamkasbi bilan uçraşdi – bu ularning ötgan yil oktyabr oyidan buyon ilk uçraşuvi böldi.

Joriy yil sentabrida Putin va Aliyev Xitoydagi ŞHT sammiti vaqtida töqnaş kelişgan, ammo öşanda tölaqonli muloqot röy bermagandi.

Şuningdek, Putin va Aliyev ança vaqt davomida telefonda ham gaplaşişmagan. 7 oktyabr kuni Aliyev Rossiya prezidentini tuğilgan kuni bilan tabriklaş uçun qönğiroq qildi, ammo bungaça ularning oxirgi telefon muloqoti mart oyida bölgandi.

Putin va Aliyevning oxirgi uçraşuvidan buyon ötgan bir yil mobaynida Rossiya va Ozarboyjon munosabatlari faqat yomonlaşib bordi.

Tomonlar örtasidagi birinçi diplomatik mojaro 2024 yil dekabr oyi oxirida «Ozarboyjon havo yöllari» aviakompaniyasining yölovçi samolyoti halokatga uçraşi bilan boğliq. Öşanda Ozarboyjon poytaxti Bokudan Rossiyaning Grozniy şahriga parvoz qilgan Embraer E190 layneri Qozoğiston hududida qulab tuşgandi. Natijada bortda bölganlardan 38 nafari halok bölgan, faqat 29 kişi tirik qolgandi.

Aviahalokat Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ukrain dronlarinin Kavkaz hududiga hujumlarini qaytarişi çoğida röy bergan. Ozarboyjon hukumati samolyotni Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi uçirgan raketa urib tuşirganini ma’lum qilgan. Moskva esa hodisa uçun rasman aybini tan olişdan boş tortgandi.

Joriy yilning iyul oyida Aliyev Ozarboyjon Rossiyadan heç qanday asosli javob olmaganini va xalqaro sudga murojaat qiliş niyatida ekanini aytgandi. Şu bilan birga, u Ozarboyjon samolyoti bilan boğliq hodisani va 2014 yilda Donbass osmonida Malayziyaning «Boing» samolyoti urib tuşirilgani bilan qiyoslab, Haagadagi Xalqaro jinoiy sud samolyot qulaşi uçun Rossiyani aybdor deb topganini eslatdi.

«Biz nima bölganini bilamiz va buni isbotlay olamiz, Rossiya rasmiylari barçasidan xabardor ekanini ham bilamiz. Samolyotning fyuzelyaji butunlay ilma-teşik bölgandi. Samolyot içida şrapneldan yaralangan ikki kişi bor edi. Şuning uçun bu samolyotni Ukraina droni urib tuşirgani haqidagi fikr mutlaqo bema’ni. Bu boğça bolalari uçun aytiladigan ertak», – degandi Aliyev.

Payşanba kungi uçraşuvda Putin gapni «nisbatan nozik mavzu»dan boşlaşni taklif qildi. Putin ilk marta Ozarboyjon samolyoti Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tufayli şikastlanganini tasdiqladi, şuningdek, Rossiya osmonida röy bergan fojia uçun uzr söradi.