AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Nobel qömitasi venesuelalik muxolifatçi Mariya Korina Maçadoga tinçlik mukofotini beriş orqali «siyosatni tinçlikdan ustun qöyganini» aytdi, deb yozdi The Washington Post.
Kommunikatsiyalar böyiça direktor Stiven Çung sözlariga köra, prezident Tramp tinçlik şartnomalari tuzişda, uruşlarni töxtatişda va odamlar hayotini saqlab qolişda davom etadi. Bayonotda Nobel mukofoti ğolibi ham, Qöşma Ştatlar tomonidan rejalaştirilgan javob ham tilga olinmagan.
Naşrning ta’kidlaşiça, Tramp tinçlik böyiça Nobel mukofotiga oçiqçasiga intilgan, tinçlikparvarlik harakatlari haqida köp gapirgan va agar mukofotni olmasa, «mamlakat uçun katta haqorat» bölişini aytgan. 9 oktyabr kuni Isroil va HAMAS Tramp tomonidan kelişuvga qat’iy çaqirilganidan keyin öt oçişni töxtatiş böyiça dastlabki kelişuvga erişdi.
The Washington Post naşrining yozişiça, laureatning e’lon qilinişi va uning Norvegiya uçun ehtimoliy oqibatlari Norvegiya ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusiga aylangan. NRK milliy teleradiokompaniyasi AQŞ Norvegiyani jazolaş-jazolamasligini muhokama qildi, TV2 telekanali esa mukofotning boşqa odamga berilişi «Trampga nisbatan haqorat» sifatida qabul qilinişi mumkinligini ta’kidladi. Oslo universiteti siyosatşunoslik professori Benedikt Bullning aytişiça, bu yil Norvegiyada «qörquv kayfiyati» hukm surmoqda, mukofotning boşqa odamga berilişi AQŞ prezidenti tomonidan sanksiyalarning qöllanişiga olib kelişi mumkin.
Ba’zi norvegiyalik qonun çiqaruvçilar va sobiq diplomatlar mukofot e’lon qilinişidan oldin ham xavotir bildirgan edi. Sotsialistik söl partiya yetakçisi Kristi Bergstyo Tramp qömitaning hukumatdan mustaqilligini bilişiga işonçi komil emasligini aytdi. Sobiq taşqi işlar vaziri Yan Petersen Norvegiya rasmiylari AQŞ reaksiyasiga tayyor bölişi kerakligini ta’kidladi.
Norvegiya avval ham Nobel qömitasi qarorlari tufayli salbiy munosabatlarga duç kelgan - 2010 yilda xitoylik dissident Lyu Syaoboga mukofot berilgandan keyin Xitoy uşbu davlat bilan bir neça yilga diplomatik aloqalarni uzdi. Norvegiya rasmiylari qömita qarorlarni mustaqil qabul qilişini ta’kidlamoqda, OAV esa laureat Ğazoda öt oçişni töxtatiş e’lon qilinişidan oldin ham tanlangani haqida xabar berdi.

















