Shu davrda 412 ta hokim, 653 ta soliq va 525 ta kadastr organlari qarori haqiqiy emas, deb topildi.
Ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari ustidan 5 396 ta shikoyat ko‘rildi.
Apellyatsiyada viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar 2 326 ta ishni ko‘rib chiqdi. Birinchi instansiyadan chiqarilgan 301 ta qaror bekor qilindi, 10 tasi o‘zgartirildi.
Kassatsiya tartibida 1 077 ta ish ko‘rib chiqilib, ulardan 165 ta qaror bekor qilindi va 8 tasi o‘zgartirildi.
Taftish tartibida 1 249 ta ish ko‘rib chiqildi, 105 ta qaror bekor qilindi va 3 ta qaror o‘zgartirildi.
Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 101 ta qarorni bekor qildi.











