Toşkentda yaşovçi Jamila Olimboyeva yigiti Şahzod Rismatovni firibgarlikda ayblamoqda: uning da’vo qilişiça, Rismatov aldov yöli bilan uning uyini Sanjar Karimovga rasmiylaştirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olgan. Sanjar Karimov esa uyni egalaridan 240 ming dollar naqd tölov evaziga sotib olganini aytib çiqdi. “Kuyov”ga qözğatilgan jinoyat işi sudga çiqqan.

Toşkent şahrida yaşovçi Jamila Olimboyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlari muhokamalarga sabab böldi. Qiz öz çiqişlarida oilasi bilan firibgarlik qurboni bölganini aytmoqda.

Jamila Olimboyevaga köra, u bölajak turmuş örtoği Şahzod Rismatovga işonib, 2024 yilda oilasi bilan uyidan ayrilib qolgan.

Olimboyevaning da’vo qilişça, Şahzod Rismatov uning uyini aldov yöli bilan Sanjar Karimovga rasmiylaştirib bergan hamda evaziga undan qarzga pul olgan.

Sanjar Karimov esa uyni naqd 240 ming dollarga sotib olib, pulni Olimboyevaning otasiga naqd sanab bergani, aslida ularni uydan çiqarib yubormay bağrikenglik qilganini aytib çiqdi.

Kun.uz'ning aniqlaşiça, holat yuzasidan Şahzod Rismatovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi sudga oşirilgan.

“Kelin” nima dedi?

Jamila Olimboyeva öz çiqişlarida Şahzod Rismatov bilan oila qurmoqçi bölganini, biroq u aldab, qoçib ketganini, oqibatda uylaridan ayrilib qolişganini bildirgan.

“2023 yili boşlaridan Şahzod Rismatov degan bola bilan tanişganman. Menga bir neça marta sovçi jönatdi. Keyin gaplaşib yurganmiz. Özini yaxşi bola sifatida körsatardi. 2024 yil 15 sentabrga töyimizni belgilaşdi.

Oilada kenja farzandman, ota-onam 70 yoşga borib qolgan. Şahzodni özlarining öğillaridan ham köproq yaxşi körişardi. U özini “Malika” bozorida işlayman, u yerda telefon, texnikalar tarqataman, deb körsatardi. Men uydagilarim bilan bu şu işdan pul topadi deb öylardik.

Keyin Sanjar Karimov ismli odam bilan tanişib, aka-uka bölib qolişdi. Çunki Şahzod öziga har xil qimmat maşinalarni sotib olişni boşladi. Öşa paytda unda 5 ta maşina bor edi.

Şahzod töyimizga 25 kun qolganda kayfiyatsiz yurdi. Sababini sörasam, “Menda pul bilan muammo bölyapti”, deb tuşuntirdi. Keyin dadam Şahzodni uyga çaqirdi