Özekiston Boş konsulxonasi xodimlari Birlaşgan Arab Amirliklarining "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan muzokara ötkazdilar.

Uçraşuvda Özbekistondan malakali haydovçilarni BAAda qonuniy ravişda munosib iş bilan ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Sayid Amin Abdulrahman Özbekistondan tajribali haydovçilarni işga jalb qiliş jarayonini huquqiy tomondan qöllab-quvvatlaşga, taşqi mehnat migratsiyasi sohasida özaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

"Dastlabki bosqiçda korxonamizga 200ga yaqin Özbekiston fuqarolarini taksi haydovçisi sifatida işga jalb qiliş uçun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bölsa, yana qöşimça ravişda 500 ga yaqin özbekistonlik taksi haydovçilarini işga jalb qiliş mumkin", – dedi u.

Muzokaralar yakunida Özbekiston Mehnat agentligi va "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi vakillari örtasida uşbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqiçlarini muhokama qilişga kelişib olindi.