Parijda sodir etilgan şov-şuvli öğrilikdan söng, muzey rahbariyati qolgan qimmatbaho eksponatlarni yer ostiga yaşirişga qaror qildi. Avvalroq, jinoyatçilar bir neça daqiqa içida qiymati taxminan 88 million yevrolik qimmatbaho buyumlarni olib öğrilaşgan edi.
RTL va BFMTV xabariga köra, töplamning bir qismi - jumladan, Apollon galereyasidagi toj taqinçoqlari politsiya nazorati ostida 26 metr çuqurlikda joylaşgan Fransiya banki omborlariga olib ketilgan. Mamlakat oltin zaxirasining qariyb 90 foizi aynan şu joyda saqlanadi.
Manbalarning ta’kidlaşiça, bunday köçiriş - misli körilmagan çora. Xuddi şu omborxonada Leonardo da Vinçining qiymati 600 million yevrodan ortiq baholangan maşhur xotira kitoblari ham bor. Muzeyda zargarlik buyumlari kolleksiyasining aynan qaysi qismi köçirilganiga aniqlik kiritilmagan.
Şov-şuvli öğrilik 20 oktabr kuni ertalab sodir böldi. Libération ma’lumotlariga köra, qurollangan va niqoblangan tört nafar bosqinçi Luvrga videokuzatuvning «ölik zonasiga» tuşib qolgan şişa eşik orqali kirgan. Sanoqli daqiqalar içida ular kötargiç, oyna kesgiç va benzin arralar yordamida vitrinalarni buzib, qimmatbaho buyumlarni olib, motorollerlarda ğoyib bölişdi.
Mojaro muzeyning xavfsizlik tizimiga jiddiy savollar tuğdirdi: 1,3 kilometr uzunlikdagi taşqi perimetrda bor-yöği beşta kamera bölgan, ularning bir qismi işlamagan. Ayni paytda jinoyatçilar hamon qidirilmoqda, fransuz politsiyasi esa qidiruv işlariga Isroildan mutaxassislarni jalb qilgan va Luvr xodimlaridan birining ehtimoliy aloqadorligini tekşirmoqda.

















