Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati rahbari Zoir Yöldoşev ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, jarima ballar tizimi amaliyotda samara bergani kuzatilmoqda — şunça miqyosdagi ijobiy dinamika avval qayd etilmagan.
YHQ buzilişi uçun ballar qöllaş tizimi Özbekistonda 2025 yil 1 iyundan rasman işga tuşirilgan. Loyihaning dastlabki uç oyidayoq 60 mingdan ortiq haydovçiga qoidalarni buzgani uçun ballar yozilgan.
Hozirça ballar faqat YHX xodimlari tomonidan joyida qayd etilgan qonunbuzilişlar uçun berilyapti. Keyingi yildan e’tiboran yöllardagi videokameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uçun ham ball qöllaş rejalaştirilgan.

















