Prezident tibbiyot sohasi xodimlarini moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga qaratilgan qator çoralarni ma’lum qildi.
Asosiy rağbatlar:
Yillik pul mukofoti: har yili «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» doirasida davlat tibbiyot muassasalaridagi barça xodimlar rağbatlantiriladi.
Innovatsiya uçun mukofot: tumanda yangi davolaş usulini joriy etgan şifokorlarga — 21 mln söm.
Uzoq yillik mehnat uçun imtiyozlar:
- davlat tibbiyot muassasasida 15 yil işlagan xodimlarga sanatoriyga bepul yöllanma;
- farzandi davlat OTMga öqişga kirsa, bir yillik kontrakt summasiga 30 foiz çegirma;
- har yili alohida natija körsatgan 500 nafar xodimga ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Yuqori texnologiyali yordam: 3 yil va undan ortiq stajga ega xodimlarga zarurat tuğilganda yilda bir marta yuqori texnologiyali ixtisoslaşgan tibbiy yordam bepul körsatiladi.
Ilmiy faoliyat: xalqaro indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqola çop etişga sarflangan xarajatlar töliq qoplanadi.
Kutilişiça, uşbu çoralar tibbiyot xodimlarining mehnat unumdorligini oşiriş, klinik amaliyotga innovatsiyalarni joriy etiş va kadrlar barqarorligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

















