Hududlar kesimida xorijiy sarmoyali korxonalar joylashuvi quyidagicha (kamayish tartibida):

  • Toshkent shahri: 10 962 ta (63,8 foiz);
  • Toshkent viloyati: 2 174 ta (12,6 foiz);
  • Samarqand viloyati: 643 ta (3,7 foiz);
  • Farg‘ona viloyati: 589 ta (3,4 foiz);
  • Surxondaryo viloyati: 482 ta (2,8 foiz);
  • Andijon viloyati: 393 ta (2,3 foiz);
  • Buxoro viloyati: 351 ta (2,0 foiz);
  • Navoiy viloyati: 299 ta (1,7 foiz);
  • Sirdaryo viloyati: 268 ta (1,6 foiz);
  • Namangan viloyati: 245 ta (1,4 foiz);
  • Jizzax viloyati: 240 ta (1,4 foiz);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 197 ta (1,1 foiz);
  • Xorazm viloyati: 188 ta (1,1 foiz);
  • Qashqadaryo viloyati: 157 ta (0,9 foiz).

Ma’lumotlar xorijiy sarmoya ishtirokidagi biznes sub’yektlari asosan poytaxt va unga yonma-yon hududlarda to‘planayotganini ko‘rsatadi. Bu holat logistika, qulay infratuzilma, kadrlar bozori va ichki talab hajmi kabi omillar bilan izohlanadi.