Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 1 oktabr holatiga mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli 4 725,9 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etib, jami avtoparkdagi ulushi 92,9 foizni tashkil qiladi.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlar bo‘yicha tuzilishi quyidagicha:

  • yengil avtomobillar – 4 392,4 ming dona;
  • yuk avtomobillari – 312,7 ming dona;
  • mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;
  • maxsus transport vositalari – 7,3 ming dona;
  • avtobuslar – 6 ming dona.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi qo‘lidagi avtotransport vositalari sonining oshib borishi shaxsiy avtomobillardan foydalanish darajasi o‘sib borayotgani va mamlakat avtomobil parki yil sayin kengayayotganidan dalolat bermoqda.