Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektron retsept” tizimi joriy etilgani ortidan şifoxonalarda tartibsizlik yuzaga kelgani, şifokorlar esa retsept yozolmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Vazirlikka köra, “Elektron retsept” tizimini joriy etişdan közlangan asosiy maqsad — davolaş xavfsizligini oşiriş va bemorlar salomatligini himoya qiliş, şifokorlarning dori tayinlaşdagi mas’uliyatini kuçaytiriş, dori vositalarini tayinlaş jarayonini tartibga soliş, soğliqni saqlaş tizimida raqamli hisobga ötiş, şuningdek, kontrafakt yoki notöğri qöllanayotgan dori vositalari aylanmasi bilan boğliq xavflarni kamaytirişdan iborat.
“Elektron retsept” tizimi hozirda Toşkent şahri va normativ hujjatlar bilan belgilangan 15 ta tumanda joriy etilmoqda. Tizimni butun respublika böylab kengaytiriş 2026 yil oxirigaça bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bu natijalarni tahlil qiliş, aniqlangan taşkiliy va texnik muammolarni inobatga olgan holda amalga oşiriladi.
“Soğliqni saqlaş vazirligi fuqarolarning xavotirini töliq tuşunadi va ta’kidlaydiki: favqulodda holatlarda, şuningdek, bolalarga, keksa yoşdagi şaxslarga va surunkali kasallikka çalingan bemorlarga tibbiy yordam körsatişda heç kim zarur dori vositalarisiz qolmaydi. Uşbu toifadagi bemorlar alohida nazoratda böladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilişiça, yangi tizimni joriy qiliş davri mobaynida Soğliqni saqlaş vazirligida vazir rahbarligida doimiy faoliyat yurituvçi işçi guruh taşkil etilgan. Uşbu guruh tarkibiga şifokorlar, dorixona taşkilotlari va AKT mutaxassislari kiritilgan. Işçi guruh tizimning amalda qöllanişini muntazam monitoring qiladi, fuqarolar va tibbiyot xodimlarining murojaatlarini körib çiqadi, poliklinikalarga tuşayotgan yuklamani, raqamli servislar barqarorligini va dori vositalarini beriş tartibini tahlil qiladi. Zarur hollarda tezkor tarzda tegişli tuzatişlar kiritiladi.
“Şifokor retseptisiz beriladigan asosiy hayotiy muhim dori vositalarining bazaviy röyxati şakllantirilgan. Uning maqsadi — kundalik va favqulodda maişiy holatlarda aholiga tezkor tibbiy yordam oliş imkoniyatini ta’minlaşdir. Röyxat xalqaro amaliyot, şifokorlar tavsiyalari va hayotiy holatlardan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan hamda Soğliqni saqlaş vazirligining rasmiy axborot resurslarida e’lon qilingan. Bu jarayonda u amaliy qöllaniş natijalari va kelib tuşayotgan takliflar asosida aniqlaştirilişi va töldirilişi mumkin”, deya ma’lum qilgan vazirlik.
Şuningdek, Toşkent şahri va 15 ta tajriba hududlarida joylaşgan dorixonalarda joriy qilingan “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qiliş uçun Telegram’da @ssv_pilotbot taşkil etilgan. Uşbu bot orqali tizim va dori vositalarini beriş bilan boğliq barça murojaatlar ustuvor tartibda körib çiqiladi.

















