
RUNGROJ YONGRIT / EPA / Scanpix / LETA
Tailand va Kambodja örtasida uzoq tarixga ega çegara nizosida yana keskinlaşuv yuzaga keldi. 6 dekabrdan buyon ikki mamlakat askarlari Dangrek toğlarida bir-birini artilleriya va öqotar qurollardan öqqa tutmoqda. Tailand aviatsiyani ham işga soldi.
Hozirgi vaziyat iyul oyidagi töqnaşuvlarning takrorlanişi bölmoqda. Öşanda çegaradagi janglar beş kun davom etib, kamida 40 kişi halok bölgan, yuz minglab kişilar öz uylarini tark etişga majbur bölgandi. 28 iyul kuni Tailand va Kambodja Malayziya vositaçiligida öt oçişni töxtatişga kelişib olgan, 26 oktyabr kuni esa tinçlik kelişuvi imzolangandi – bu safar Malayziyadan taşqari AQŞ ham vositaçilik qilgandi. Şundan keyin tomonlar yuz yildan ortiq vaqtdan buyon noaniq bölib qolayotgan çegarani demarkatsiya qiliş böyiça muzokaralarga boşlagandi.
Ammo amalda bu kelişuvlarning heç biriga rioya qilinmadi. Har ikki tomon harbiylari vaqti-vaqti bilan özaro otişmalarga kirişgan, noyabr oyida esa tailandlik ikki askar kambodjaliklar örnatgan minani bosib oliş oqibatida portlab ketgan (har ikki tomon uzoq vaqtdan beri çegarani minalaştirib keladi). Şundan söng Tailand muzokaralar jarayonidan çiqişini e’lon qildi.
Har ikki tomon an’anaviy ravişda bir-birini sulhni buzganlikda aybladi. Navbatdagi eskalatsiya kim tufayli boşlanganini aniq aytişning imkoni yöq: öt oçişni töxtatiş keskinlaşuv bilan almaşgan nuqta sifatida körsatiş mumkin bölgan yagona aniq hodisani aniqlab bölmaydi.
7 dekabr kuni Tailand armiyasi vakillari öz pozitsiyalari Kambodja hududidan turib öqqa tutilgani, natijada bir askar halok bölib, yana sakkiz nafari jarohatlanganini ma’lum qildi. Bunga javoban Tailand F-16 qiruvçilarini havoga kötarib, Kambodja harbiy obektlarini bombardimon qildi.
Kambodja esa, aksinça, aynan Tailand tomoni 7 dekabr kuni birinçi bölib oğir artilleriya qöllaganini aytmoqda. Kambodja hukumati tinç aholi vakillari bölgan tört kişi halok bölib, töqqiz kişi yaralanganini ma’lum qilgan.
Keyingi kunlarda tez-tez töqnaşuvlar sodir böldi, dronlar va «Grad» baravar öt oçiş tizimlari işga tuşdi. Natijada, Tailand rasmiylarining hisob-kitoblariga köra, 438 mingga yaqin odam maxsus jihozlangan markazlar va vaqtinçalik boşpanalarga ketişga majbur bölgan. Kambodja rasmiylari esa ön minglab kişilar uylarini tark etganini ma’lum qildi.




















