DW muxbirining savoliga javob bergan YeI amaldori Bryusseldagi brifingda juma, 12 dekabr kuni şunday dedi:
“Valday” munozara klubi Rossiya hukumati tomonidan taşkil etilgan. Biz uning Rossiya haqidagi xalqaro qabul qiliş va narrativlarga ta’sir ötkaziş uçun murakkab vosita sifatida işlaşini bilamiz. Unga allaqaçon Rossiyaning beqarorlaştiruvçi faoliyatiga qarşi kuraşişda qöllaydigan sanksiya rejimi tatbiq etilgan. Bizda röyxatda hozirning özida 60 dan ortiq ism bor, duşanba kuni esa yangi ismlar paydo böladi”.
2004 yilda taşkil etilgan “Valday” özini ekspert-tahlil markazi sifatida körsatadi: u Rossiya va xorijiy siyosatşunoslar, jurnalistlar, jamoat arboblarini global siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qiliş uçun töplaydi. Bu muhokamalar köpinça Rossiyaning eng yuqori rahbariyati, jumladan RF prezidenti Vladimir Putin bilan oçiq muloqot formatida ötkaziladi.
Amalda esa u Rossiyaning taşqi va içki siyosatiga oid narrativlarini ilgari suriş hamda Rossiya rahbariyatining imperialistik siyosatini oqlaş uçun propaganda maydoni vazifasini bajaradi, deyiladi DW xabarida.

















