SSV taşabbusi bilan vazirlikda davlat va xususiy tibbiyot taşkilotlari şifokorlari, tegişli idoralar va soha ekspertlari iştirokida uçraşuv ötkazildi. Muloqot davomida “Elektron retsept” tizimini takomillaştiriş, tibbiyot xodimlari tajribasi va bemorlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ayrim tartib-taomillarni yanada yaxşilaş böyiça takliflar muhokama qilindi.
SSV bildirişiça, mutaxassislar örtasida doimiy muloqotni yölga qöyiş maqsadida vazirlik huzurida Ekspertlar kengaşini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi. Kengaşning oçiq yiğilişlari har juma kuni ötkazilişi belgilangan.
Uçraşuvda tizimning amaldagi işlaş mexanizmi yuzasidan ham tuşuntiriş berildi. Ta’kidlanişiça:
xususiy tibbiyot taşkilotlari va şifokorlarni “Elektron retsept” moduliga ulaş bepul amalga oşiriladi;
retsept (şu jumladan elektron retsept) yoziş faqat şifokor vakolatiga kiradi;
dorilar dorixonalarda elektron retsept, QR-kod yoki bemorning JŞŞIRi asosida berilişi qayd etildi.
Aholiga qulaylik yaratiş uçun SSV huzurida 24/7 rejimida işlaydigan 1003 qisqa raqamli Call-markaz faoliyat yuritmoqda. Vazirlikka köra, fuqarolar uşbu raqam orqali “Elektron retsept” tizimi böyiça maslahat va tuşuntiriş olişi mumkin.
Muhokamalar yakunlari böyiça “Elektron retsept” tizimini joriy etişning keyingi bosqiçlarini belgilaydigan vazirning tegişli buyruği qabul qilingani ma’lum qilindi. Xususan, birinçi bosqiçda ayrim toifadagi dori vositalari (jumladan, tizimli ta’sirga ega antibiotiklar va boşqalar) uçun elektron retsept majburiy bölişi, tizim töliq joriy etilgunga qadar va favqulodda vaziyatlarda ayrim holatlarda qoğoz retsept imkoniyati saqlanişi kabi masalalar belgilangan.

















