Toşkent şahrida tuman hokimlari endilikda özlari mablağ jalb qilib, har yili bittadan maktab, boğça va sport obektini qurişi kerak böladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida amalga oşirilgan işlarni sarhisob qiliş va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olişga bağişlangan yiğilişda ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda Toşkent şahrida 75 tadan maktab va boğça, 23 ta sport obektiga ehtiyoj bor.

«Tuman hokimlari özlari mablağ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, boğça va sport obektini qurişi, qolgan 15 tadan maktab va boğça hamda 11 ta sport obekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilişi belgilandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga çetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qiliş muhimligi ta’kidlandi.

Şu yildan Toşkent şahrining har bir tumanida bittadan maktabda ta’lim sifatini oşiriş böyiça «Toşkent tajribasi» boşlandi. Ya’ni 7-11 sinfdagi 1,5 ming öquvçi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yönalişlarda öqitiş yölga qöyildi.

Öquvçilarning fanlarni özlaştirişiga qarab, öqituvçilariga 20 million sömgaça oylik maoş tölanyapti.

Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027 yilda 33 taga yetkaziş vazifasi qöyildi.