Bezoriligi uçun 8 yilga qamalgan va apellyatsiya sudi – 9 dekabr kuni ozodlikka çiqarib yuborilgan Akmal Şukurov işi bugun taftiş instansiyasida köriladi. Bu haqda belgilangan sud işlari jadvalida keltirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining 2025 yil 24 oktyabrdagi hukmiga köra, Akmal Şukurovga juda köp miqdorda firibgarlik uçun 8 yil, bezorilik uçun 3 yil hamda bezorilik oqibatida qasddan badanga oğir şikast yetkazganlik uçun 5 yil – tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.
Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasi sudining 9 dekabrdagi ajrimiga köra, Akmal Şukurovga juda köp miqdorda firibgarlik uçun yetkazilgan zarar qoplangani sababli iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari, bezorilik uçun 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş hamda bezorilik oqibatida qasddan badanga oğir şikast yetkazgani uçun Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllangan holda 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi berilgan.
Şu tariqa, Akmal Şukurovga tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Uning 2025 yil 21 mart kunidan 2025 yil 9 dekabrgaça qamoqda bölgan 263 kuni jazodan çegirilib, ötaş uçun 3 yil 3 oy 11 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirilgan. U darhol sud zalidan qamoqdan ozod qilingan.
Akmal Şukurov 2025 yil 16 mart kuni “The Tower” mehmonxonasi yonida uning bezorilik harakatlariga çek qöymoqçi bölgan B.ning yuziga muşt tuşirib, unga hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati yetkazgandi. Buning oqibatida 35 yoşli B. boş miya jarohati, öng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlaniş taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yaqinlari unda tezkor ravişda 5 soatlik miya trepanatsiyasi operatsiyasi ötkazilganini, söngra sun’iy komaga tuşirilganini aytgan
















