Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bilan Yevropa Ittifoqining Içki işlar va migratsiya böyiça boş direktorati ekspertlari muzokaralarining birinçi bosqiçi ötkazildi, deb xabar berdi «Dunyo».
TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga köra, tadbir davomida mehnat faoliyatini amalga oşiriş, öqiş uçun borayotgan Özbekiston fuqarolari, yuk maşinalari haydovçilari, turistik guruhlar uçun viza tartib-taomillarini soddalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilingan.
Xususan, Yevropa tomoni Özbekiston fuqarolari uçun viza tartibini soddalaştiriş masalasini Yevrokomissiya yiğilişiga kiritiş uçun bajarilişi zarur bölgan bir qator şartlarni belgilab bergan. Uşbu şartlar qanday ekaniga xabarda aniqlik kiritilmagan.
Ta’kidlanişiça, qayd etilgan maqsadlarga tez fursatda erişiş uçun şu kabi muloqotlarni davom ettirişga kelişilgan.

















