Özbekistonda kiberjinoyatlar soni oşib bormoqda. Bu haqda Içki işlar vazirligi ötkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, 2021-2025 yillarda respublikada uşbu turdagi jinoyatlar soni 10 baravarga (4 865 tadan 62 440 taga) köpaygan. Buning oqibatida fuqarolarga 3 trln 730 mlrd söm zarar yetkazildi. Şundan 1 trln 890 mlrd söm qismi joriy yil 11 oyi hissasiga töğri keladi.
Bu sohadagi jinoyatlarga qarşi kuraşişda tajriba töplaş uçun xorijiy hamkorlar bilan ma’lumot almaşiş, ularning yetakçi xodimlarini jalb etiş hamda mutaxassislar tayyorlaş tizimi yölga qöyilgan. Xususan, vazirlik akademiyasida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyati” yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyilib, bu yildan boşlab 100 nafar kursant qöşimça öqişga qabul qilingan. Şuningdek, “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarni akademiyaning uşbu ta’lim yönalişida öqişga qabul qiliş tartibi belgilangan.
Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça raqamli laboratoriya taşkil etilgan. Fuqarolarning bank hisob varaqlaridan mablağlarni noqonuniy yeçib olişga yönaltirilgan, eng xavfli va köplab fuqarolarga zarar yetkazgan 483 ta “fişing” turidagi zararli dasturlar aniqlanib, faoliyati töxtatilgan.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş bilan boğliq 2 424 ta jinoyat aniqlangan. Jinoiy yöl bilan topilgan 76 mlrd söm miqdoridagi mablağlarning kripto şaklida respublika hududdan olib çiqib ketilişi oldi olingan.
Kibermakonda jamoat tartibiga tahdid soluvçi, şaxsning şa’ni va qadr-qimmati kamsitilişini tarğib qilib keliş bilan boğliq 3 843 ta internet resursi bloklangan, 1 508 ta firibgarlikka undovçi zararli havolalar faoliyatiga çek qöyilgan.
Avvalroq internetda 600 nafar fuqaroni aldagan guruh qölga olingani xabar qilingandi.













