Yangiqörğonda 2018 yilda tuğilgan qizaloqni zörlagan pedofil işi böyiça sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun JIB Yangiqörğon tuman sudida 1987 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan B.S.ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlangan va hukm e’lon qilingan. Jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqilgan.
Sud hukmiga muvofiq B.S. voyaga yetmagan I.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan B.S. öta xavfli retsidivist deb topilgan.
Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi bildirilgan.
B.S. joriy yil 14 oktyabr kuni töy marosimida toğasining 7 yoşli nevarasini aldagan holda çetga olib çiqib, qizaloqning nomusiga tekkan va voqea joyidan yaşiringandi. Erkak 2 kunlik qidiruvdan söng qölga olingan.
Avvalroq Ohangaronda manzil koloniyadan qoçib, 3-sinf qizni zörlagan pedofil işi sudda körilayotgani xabar qilingandi.
















