Özbekiston prezidentining yillik murojaatnomasi qariyb uç soat davom etdi. U davlat YaIM 145 mlrd dollarga yetgani, kelasi yilda 160 mlrd dollardan oşişini aytdi. Bundan taşqari, ilk özbek kosmonavti fazoga uçirilişi e’lon qilindi. Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev jinoiy tödalar faoliyatini töxtatişda davlatning qudrati yetişini eslatdi, narkojinoyatlar sonidan xavotirini yaşirmadi. Xöş, davlat rahbari yana nimalar dedi?
An’anaga muvofiq, prezident yangi yilga ham nom berdi. Şavkat Mirziyoyev taklifi bilan 2026 yil – “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”, deb e’lon qilindi.
Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, 2025 yilda 1,5 million aholi kambağallikdan çiqqan. Iqtisodiyot texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkazilmoqda. 2026 yilda asosiy soliq stavkalari özgarişsiz qoladi. Endi erkin iqtisodiy zonalarga maşhur brendlar jalb qilinadi. Olmaliqda qiymati 2,7 mlrd dollarlik yangi metallurgiya majmuasi qurilişi boşlanadi. Murojaatnomaning yana bir asosiy yangiligi – Özbekistonning ilk kosmonavti kosmosga uçirilişi haqida böldi.
Xöş, oddiy odamlar uçun qanday yangiliklar bor? 2026 yilda 140 mingta köp qavatli uylar quriladi. «Toşkent-Samarqand» yönalişida yuqori tezlikdagi poyezdlar uçun yangi liniya quriladi. Prezident bu gal ekologiya mavzusiga ham jiddiy töxtaldi. Mirziyoyevga köra, endi ekologiya iqtisod darajasidagi asosiy masala. Avvalo, Toşkent şahri va uni örab turgan hududlardagi kömir bilan isuvçi qozonxonalar köçirib yuboriladi. Filtrsiz sanoat korxonalari filtr örnatişi uçun kredit beriladi, bu işlarga prezident taxminan 100 mln dollar va’da qildi.
Endi Özbekiston taşqi qarz olişi uçun buni parlament tasdiqlaşi kerak böladi. Buni prezident xalqqa murojaati çoğida taklif etdi. Bundan taşqari, deputatlarning sörovlariga javob bermagan amaldorlar ustidan prokuratura suriştiruv ötkazib, iş oçadi.
Narkomaniya va narkobiznes allaqaçon Özbekistonda ham közga körinarli muammoga aylangan. Prezidentning oçiqlaşiça, 2025 yilning özida 14 mingta narkobiznes bilan boğliq jinoyatlar sodir etilgan. Şavkat Mirziyoyev buni aytarkan, öz xavotirini ham bildirdi.
Özbekiston rahbari murojaatida jinoiy tödalar haqida ham gapirdi. Hattoki, xorijiy davlatlarda Özbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy tödalar borligi aniqlangan.
Şavkat Mirziyoyev ayollar va bolalarga zöravonlikni qoraladi, davlat ayollarni heç qaçon muammolari bilan yolğiz qoldirmasligini eslatdi. Taşqi siyosat borasida Özbekiston teng huquqli sub’yekt ölaroq iştirokini davom ettiradi. Asosiy şeriklarimiz deya prezident avvalo Rossiya, Xitoy, AQŞ va keyin boşqa davlatlarni sanadi. Rasmiy Toşkent Afğoniston bilan ham savdodagi hamkorlikni davom ettiradi. Şavkat Mirziyoyevning yillik murojaatidan asosan şu gaplar örin oldi.
















