29-30 dekabr kunlari Özbekistondagi 208 ta tuman (şahar)ning barçasida xalq deputatlari kengaşlari sessiyalari ötkazilib, deputatlar orasidan kengaşlarga raislar saylandi.

Şu tariqa, 2026 yil 1 yanvardan boşlab kengaşlarga hokimlarning raislik qilişi tuman (şahar) darajasida ham barham topdi.

Viloyatlar va Toşkent şahri darajasida bunday amaliyotga 2024 yilda barham berilgan edi.

Senat axborotiga köra, 2025 yil 29-30 dekabr kunlari xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşi raisi etib saylanganlarning:

  • 31 nafari ayollar (14,9 foiz);
  • 18 nafari boşqa millat vakillari (8,5 foiz);
  • 203 nafari oliy ma’lumotli (97,5 foiz);
  • 21 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan (10 foiz);
  • 8 nafari ilmiy daraja va unvonga ega (4 foiz).

Hokimiyatning böliniş prinsipi

Mahalliy davlat boşqaruvida vakillik va ijro organlarini bir-biridan ajratiş 2023 yilgi Konstitutsiya islohotida belgilangan edi.

Bungaça amalda bölgan tartib, ya’ni hokimlar bir vaqtning özida kengaş raisi lavozimini ham egallaşi – hokimiyatning böliniş va hokimiyat böğinlarining özaro tiyib turiş prinsiplariga zid edi.

Yangi qoidaga köra, bundan buyon hokim bir vaqtning özida kengaş raisi lavozimini egallaşi mumkin emas.

Vakolatlar

2023 yilda yangilangan Konstitutsiyaga asosan, xalq deputatlari kengaşi va hokim öz vakolatlari doirasida tegişli hududdagi barça taşkilotlar, şuningdek mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar qabul qiladi.

Xalq deputatlari kengaşlarining vakolatlari quyidagiça:

  • tegişli mahalliy budjetlarni körib çiqiş va qabul qiliş, ularning ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;