Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuçga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bölib ötgan referendum natijasiga köra 11 ta moddadan iborat tegişli qonunning qabul qilinişi asos böldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan.

Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta özgartiş kiritilgan edi. Bu safar esa özgarişlar kölami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilaniş natijasida, boş qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oşdi. Umuman, rasmiylarga köra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

Quyida Kun.uz nazaridagi eng muhim önta yönalişda röy bergan özgarişlar hujjatdagi ketma-ketlik böyiça keltirib ötiladi.

1. Özbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “Özbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi quyidagiça özgartirilmoqda:

  • Özbekiston – boşqaruvning respublika şakliga ega bölgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Boşqaruvning respublika şakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq tomonidan muayyan muddatga saylanişini anglatadi. (Konstitutsiya normalariga rasmiy şarhlar hozirça yöq, şu sababli undagi norma va tuşunçalarga tahririyat umumqabul qilingan doirada, mustaqil izoh berib ötmoqda).

Suveren davlat – öz hududida töla-tökis mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga ega böliş demakdir.

Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boşqaruvida saylaniş va öz vakillarini saylaş orqali barçaning teng huquqli iştiroki ta’minlanişini közda tutadi.