Mubaşşir Ahmad sönggi sözida asosiy 2 ta ayblovni rad qildi va sudyadan adolatli hukm çiqarişini söradi. Sudya Bobur Rahimov diniy ulamoni tergov organi qöygan uçala modda (diniy mazmundagi materiallarni tarqatiş, jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tarqatiş va milliy-etnik adovat qözğatiş) böyiça ham aybdor deb topdi.

8 oktabr kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alişer Tursunov işi yuzasidan söngi sud majlisi bölib ötdi. Bu haqda sud majlisida bevosita qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sudda dastlab Mubaşşir Ahmadning öziga söngi söz berildi. U faoliyati davomida yoşlarning diniy ilmini oşiriş maqsadida xolis ma’lumotlar tarqatgani, niyati doim yaxşilik bölganini aytdi.

U öziga qöyilgan ayblovlar böyiça: diniy materiallarni diniy qömita ruxsatisiz tarqatganini yana bir bor tasdiqladi va buni jismonan Özbekiston hududida bölmagani bilan izohladi. Qolgan moddalar böyiça esa aybdor emasligini, bu tergovda ham, sud majlislarida ham öz isbotini topmaganini bildirdi.

Şuningdek, Mubaşşir Ahmad sudyadan hukm çiqarişda – 21 yildan buyon qand kasali bilan oğrişi, oilaviy ahvoli, boşlab qöygan köplab ilmiy faoliyat va tarjima bilan boğliq işlari borligini hisobga olişni hamda adolatli hukm çiqarişini söradi.

Şundan söng, sudya Bobur Rahimov maslahat uçun xonaga kirdi. 1 soatdan köproq muddatdan söng maslahatdan çiqqan sudya diniy ulamoga tergov organlari qöygan uçta modda böyiça ayblovning barçasini asosli deb topdi. Xususan, Mubaşşir Ahmadga:

  • JKning 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş,
  • JKning 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş,
  • JKning 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş) bilan iş haqining 20 foizini uşlab qolgan holda 6 oylik axloq tuzatiş işlari jazosini tayinladi.

Jazolarni qöşiş yöli bilan, sudlanuvçi uzil-kesil 2 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo umumiy tartibli koloniyada ötalişi belgilandi va 2025 yil 11 maydan boşlab hisoblanişi ma’lum qilindi.