“Dunyo” AA xabariga köra, uçraşuvda Buyuk Britaniya tomoni Özbekistonda inklyuziv ta’lim va tadqiqotlar sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni hamda uşbu yönalişda erişilayotgan yutuqlarni e’tirof etgan.

Tomonlar mamlakatda inklyuziv ta’lim böyiça kadrlar tayyorlaş dasturlari, malaka oşiriş kurslarini yölga qöyiş, şuningdek, Riks markazi metodologiyasi asosida treninglar va onlayn seminarlar taşkil etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Ma’lumot uçun, Riks markazi Şarqiy London universitetining nufuzli ilmiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Markaz inklyuziv tadqiqotlar, ta’lim va jamoatçilik bilan muloqot sohalarida katta tajribaga ega bölib, xalqaro miqyosda keng hamkorlik tarmoğiga egaligi bilan ajralib turadi. U ta’lim va ijtimoiy dasturlar yönalişida davlat hamda nodavlat taşkilotlari bilan qöşma loyihalarni amalga oşirib kelmoqda.