DXX çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod şahrida joylaşgan “Farhod” çegara bojxona posti orqali Tojikistonga çiqib ketayotgan “Loçin” rusumli mototransport vositasi tegişli tartibda körikdan ötkazildi.
Körik çoğida uning tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yaşirib qöyilgan va bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln sömni taşkil etuvçi “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Hozirda uşbu dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekşiruvi tayinlanib, holat böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















