Toşkentda ilk bor dunyoning yetakçi universitetlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalarning akademik, ijtimoiy va professional yutuqlarini e’tirof etişga bağişlangan “Yilning xalqaro talabasi” mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi.
“Xalqaro yil talabasi” mukofoti “Yil talabasi”, “Jamiyat va diaspora rivojiga qöşgan hissa”, “Özbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etiş” va “Yil innovatsiyasi” nominatsiya böyiça topşirildi.
2026 yilgi mukofot ğoliblari:
“Yil talabasi” — AQŞdagi “Columbia University Barnard College” talabasi Nozira Davroniy;
“Jamiyat va diaspora rivojiga qöşgan hissa” — Gonkongdagi “Hong Kong University of Science and Technology” talabasi Asadbek Ismoilov;
“Özbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etiş” — Buyuk Britaniyadagi “Oxford University” talabasi Aakib Niyoz;
“Yil innovatsiyasi” — Italiyadagi “Università degli Studi di Siena” talabasi Asliddin Akbarov.
Tadbir Özbekiston Xalqaro Talabalar Ittifoqi (UzSU) tomonidan Yoşlar işlari agentligi hamda “El-yurt umidi” jamğarmasi kömagida taşkil etildi.
Marosim doirasida UzSUning Özbekistondagi faoliyati rasman yölga qöyildi.

















