Rossiyaning Armanistondagi elçisi Sergey Kopirkin boşlovçi Vladimir Solovyovning uşbu mamlakatda harbiy operatsiya ötkaziş ehtimoli haqidagi sözlaridan söng Armaniston Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi.

Tarğibotçi bir neça kun oldin teleefirlaridan birida Rossiya, xuddi AQŞ Venesueladagi kabi «xalqaro huquqqa tupurişi» va Armaniston bilan Markaziy Osiyo respublikalarining Rossiya «ta’sir zonasidan» çiqib ketişiga yöl qöymaslik uçun ularning içki işlariga kuç bilan aralaşiş imkoniyatini körib çiqişi kerak, degan fikrni bildirgan edi.

«Biz uçun Armanistondagi voqealar Venesueladagi voqealardan köra ança oğriqli. Armanistonni yöqotiş - bu ulkan muammo. [...] Xalqaro huquqqa, xalqaro tartibga tupurdim. Agar biz milliy xavfsizligimiz uçun Ukrainada maxsus harbiy operatsiyani boşlagan bölsak, nega aynan şu mulohazalardan kelib çiqib, ta’sir doirasimizning boşqa nuqtalarida ham maxsus harbiy operatsiyani boşlay olmaymiz?», dedi u.

Armaniston Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, Rossiya elçisiga «davlat telekanali dasturi efirida qilingan bayonotlardan çuqur norozilik bildirilgan» norozilik notasi topşirilgan. Idoraning ta’kidlaşiça, bunday bayonotlar Moskva va Yerevan örtasidagi döstona munosabatlarga mos kelmaydi.

Rossiya va Armaniston rasman yaqin ittifoqçidir - ikkala davlat ham KXŞT va Bojxona ittifoqiga a’zo. Ammo Rossiya amalda ittifoqçisini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan Ozarboyjon bilan mojaro fonida rasmiy Yerevan AQŞ va YeI bilan hamkorlikka tobora köproq intilmoqda. Rossiya telekanallari efirlarida muntazam ravişda Nikol Paşinyan hukumatining harakatlari tanqid qilinadi.