«Frensis» sikloni keltirib çiqargan kuçli qordan söng, Moskvaning Tver rayonidagi Belarus vokzali yaqinida joylaşgan Miusskaya maydonida yana ulkan qor toği paydo böldi. Aholi uni ançadan buyon Miusskaya qorli tepaligi deb ataydi. Bu yerda ulkan qor uyumi ilk bor 2018 yilda paydo bölgandi – qiş qattiq kelganida kommunal xizmatlar Miusskaya maydoni va Aleksandr Nevskiy köçasi oraliğidagi ötiş joyini tösib, atrofdagi qorni şu yerga töplaşgandi. Mahalliy aholi uçun qorli tepalik şaharning öziga xos köngiloçar maskaniga aylangan. Odamlar bu yerga qorda toyiş yoki şunçaki uning fonida suratga tuşiş uçun kela boşlaşgan. Miusskaya maydoni beş yillik tanaffusdan keyin yana şunday hududga aylandi.
























