Toşkentda qad rostlagan muhtaşam bino – Islom sivilizatsiyasi markazi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyuldagi qaroriga asosan taşkil qilingan. Öşa yilda boşlangan quriliş işlari qariyb 9 yildan söng – 2026 yilga kelib yakunlandi. Sönggi oylarda markaz nufuzli xorijiy delegatsiyalar uçun oçildi.

Kun.uz Islom sivilizatsiyasi markazida bölib, uning faoliyati bilan tanişdi. Uşbu maqolamizda markaz qurilişi haqida faktlar, uning içida saqlanayotgan qadimiy artefaktlar va jamoatçilik uçun tayyorlab qöyilgan ajoyibotlarni körsatamiz.

Kiriş va yerosti qismi

Bugunga kelib Markazdagi sönggi jizohlaş işlari yakunlanmoqda: Islom sivilizatsiyasi markazi keng jamoatçilik uçun şu yil mart aprel oylarida oçilişi kutilmoqda.

Markaz rasmiylarining aytişiça, ayni vaqtda muzeyga kiriş tartibi işlab çiqilmoqda va hukumatga taklif kiritiladi. Katta ehtimol bilan muzeyga kiriş pulli böladi. Lekin, uning summasi aniq emas. Şuningdek, keluvçilarga xizmat körsatuvçi bir neça toifadagi gidlar xizmati, planşet va quloqçinlar orqali sayohat qiliş imkoni ham yaratiladi.

Ma’lum qilinişiça, markaz binosining minus 1-qavatida (podval) bolalar uçun maxsus platforma, restavratsiya va elektron nusxa oliş laboratoriyasi, muzey eksponatlarini saqlaş fondlari, zamonaviy kafeteriy, muzey vestibyullari mavjud. Pastki qismda ta’mirlaş işlari davom etayotgani uçun rasmlarga olişning imkoni bölmadi.

Mahobatli bino va 4 darvoza

Islom sivilizatsiyasi markazi maşhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektarlik maydonda barpo etilgan. Binoning özi esa 1,8 gektar maydonda joylaşgan, foydalaniş hududi 42 ming kv.metrni taşkil etadi. Bino uzunligi 161 metr, eni 118 metrni taşkil etib, uç qavat va yerosti qismidan iborat. Markazidagi gumbaz balandligi 65 metrni taşkil etadi.