Kiyev meri Vitaliy Kliçko "Kiyev-24" telekanali efirida energetika tizimidagi vaziyatni xavotirli deb atadi va aholini zarur buyumlarni zaxira qilişga çaqirdi.

"Yuz bergan vaziyat juda murakkab va xavotirli. Bu yana takrorlanişini istisno qilmaymiz. Qölimizdan kelganini qilişga urinyapmiz, ammo bizga sizlarning yordamingiz kerak: iltimos, issiq kiyim, içimlik suvi, texnik suv, oziq-ovqat, dori-darmonlarni zaxira qilib olinglar", — dedi u.

Kliçkoning qöşimça qilişiça, şaharda metro va muhim infratuzilma obektlari faoliyatini tiklaş işlari olib borilmoqda.

Avvalroq "Strana.ua" naşri Ukrainaning aksariyat hududlarida energiya tizimidagi nosozliklar sababli elektr energiyasi ta’minoti favqulodda öçganini xabar qilgandi. Blekaut jumladan, Kiyev şahri, Kiyev, Çernigov, Sum, Jitomir, Dnepropetrovsk va Odessa oblastida yuz bergan.

Energetika vaziri Denis Şmigal buni texnologiya nosozlik deb izohladi. Uning sözlariga köra, Ruminiya va Moldova hamda Ukrainaning ğarbiy va markaziy qismlari orasidagi energiya tizimlari işdan çiqqan.