Oq uy «Tinçlik kengaşi»ning birinçi yiğilişini 19 fevral kuni Vaşingtonda ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Axios AQŞ rasmiylari va diplomatlariga tayanib xabar berdi.

Ilk uçraşuv prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan davlat rahbarlari darajasida ötkaziladi.

«Bu «Tinçlik kengaşi»ning birinçi yiğilişi va Ğazoni tiklaş uçun mablağ yiğiş anjumani böladi», — degan naşr manbasi.

6 fevral kuni Oq uy logistika masalalarini hal qiliş uçun «Tinçlik kengaşi»ga a’zo mamlakatlar ma’muriyatlari vakillari bilan aloqa örnatdi. Axios ma’lum qilişiça, Tramp farmoni bilan Donald J. Tramp nomidagi Tinçlik instituti deb qayta nomlangan AQŞ Tinçlik instituti (USIP) uçraşuv joyi sifatida tanlangan.

«Hozirça heç narsa tasdiqlanmadi, lekin ma’muriyat tadbirni ötkazişni rejalaştirmoqda va qaysi rahbarlar qatnaşişi mumkinligini körib çiqişni boşladi», — degan manba.

«Tinçlik kengaşi» 16 yanvarda Tramp taşabbusi bilan Ğazo sektoridagi nizolarni hal qiliş maqsadida taşkil qilingan. Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida bu kengaşga qöşilişni istagan 19 davlat prezident, boş vazir va rasmiylari hujjatga imzo çekişdi.