Z avlodi (zumerlar) ota-onalariga nisbatan kamroq intellektual salohiyatga ega, dedi neyrobiolog Jared Kuni Xorvat.
Uning ta’kidlaşiça, 1997 yildan 2010 yilgaça tuğilgan avlod maktablarda raqamli texnologiyalarga haddan taşqari tayanib qolgani sababli kognitiv jihatdan töxtab qolgan.
Kognitiv rivojlaniş böyiça ma’lumotlar 1800 yil oxirlaridan boşlab yuritib kelinadi va aynan Z avlodi tarixda ilk bor özidan oldingi avlodga nisbatan past natijalarni körsatdi. Ularda diqqatni jamlaş, xotira, öqiş va matematika könikmalari, muammolarni yeçiş qobiliyati hamda umumiy IQ darajasi böyiça pasayiş namoyon bölgan.
Xorvatning AQŞ Senati Savdo, fan va transport qömitasiga ma’lum qilişiça, Z avlodi vakillari XX asrdagi bolalarga nisbatan maktabda köproq vaqt ötkazişiga qaramasdan, intellektual darajasi pasaygan.
Uning ta’kidlaşiça, buning sababi ta’limda «ta’lim texnologiyalari» yoki EdTech deb ataluvçi kompyuter va planşetlar orqali öqitiş hajmining keskin oşganidir.
Neyrobiologning sözlariga köra, inson miyasi katta kitoblar va murakkab ğoyalarni qisqaça ifodalovçi lahzalik videolar yoki jumlalar orqali örganişga moslaşmagan.
«Ösmir uyğoq bölgan vaqtining yarmidan köpini ekranga tikilib ötkazadi. Aslida insonlar biologik jihatdan boşqa insonlardan va çuqur örganiş orqali bilim olişga «dasturlangan»», — deydi Xorvat.
Xorvat va Kongressda çiqiş qilgan boşqa mutaxassislarning aytişiça, inson evolyutsiya jarayonida eng yaxşi bilimni jonli, yuzma-yuz muloqot — öqituvçilar va tengdoşlar orqali olişga moslaşgan, ekranlar orqali emas.
Uning qöşimça qilişiça, ekranlar çuqur anglaş, xotira va diqqatni şakllantiradigan tabiiy biologik jarayonlarni buzadi.
Mutaxassislarning sözlariga köra, muammo texnologiyalarning notöğri joriy etilişida yoki dasturlarning sifatsizligida emas. Aksinça, texnologiyaning özi inson miyasining tabiiy işlaş, rivojlaniş va axborotni saqlab qoliş usuliga mos kelmaydi.
Xorvatning ta’kidlaşiça, sönggi ma’lumotlar kognitiv qobiliyatlar taxminan 2010-yillardan boşlab rivojlanişdan töxtagani va hatto pasayganini yaqqol körsatadi.
U senatorlarga maktablar öşa yillarda deyarli özgarmagani, inson biologiyasi esa bu qadar tez özgarişi mumkin emasligini aytdi.












