Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida 950 278 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha yetakchi uchlikni Qirg‘iziston (282 798 nafar), Tojikiston (244 373 nafar) va Qozog‘iston (207 858 nafar) tashkil etgan.
Shuningdek, top-10 davlatlar qatorida Rossiya (69 070 nafar), Afg‘oniston (43 572 nafar), Turkmaniston (28 150 nafar), Xitoy (25 666 nafar), Turkiya (12 740 nafar), Hindiston (6 095 nafar) hamda Koreya Respublikasi (3 237 nafar) ham bor.
Mavzuga oid
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
22:05 / 23.04.2026