Zamonaviy kampusga ega oliy ta’lim muassasalari haqida gap ketganda köpçilikning tasavvurida, avvalo, poytaxt namoyon böladi. Biroq Xorazmda faoliyat yuritayotgan Osiyo xalqaro universiteti kampusi bu stereotipni özgartirmoqda. Uç yirik öquv binosidan iborat ta’lim majmuasida bugungi kunda 2000 nafardan ortiq talaba tahsil olyapti. Kun.uz jurnalisti öquv dargohida bölib, abituriyentlar uçun maxsus körsatuv tayyorladi.
Ta’lim auditoriya bilan çeklanmaydi
Kampus hududida sönggi texnikalar asosida jihozlangan laboratoriyalar, talabalar uçun kovorking zonalari, sport va dam oliş maskanlari hamda sifatli infratuzilma mavjud. Bu yerda ta’lim jarayoni faqat ma’ruza va seminarlar bilan çegaralanib qolmaydi. Muhit talabaning mustaqil fikrlaşi, jamoaviy işlaşi va amaliy könikmalarini şakllantirişga yönaltirilgan.
Xususan, tibbiyot yönalişi talabalari uçun maxsus simulyatsiya markazi taşkil etilgan. Unda yoş izlanuvçilar birinçi kursdanoq nazariy bilimlarini real amaliyotga yaqin şaroitda sinab köriş imkoniyatiga ega. Tibbiyot sohasi yuqori mas’uliyat, doimiy öqiş va çuqur amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Kampusda aynan şu jihatlar tizimli ravişda yölga qöyilgan.

Buxorodagi asosiy maktab tajribasi
Osiyo xalqaro universiteti 2022 yilda rasmiy litsenziya asosida Buxoro şahrida taşkil etilgan. Bugungi kunda universitet bakalavr, magistratura, ordinatura va doktorantura bosqiçlarini öz içiga olgan 90 dan ortiq ta’lim dasturlarini taklif etadi. Ular qatorida stomatologiya, farmatsiya, pedagogika, texnika va IT kabi yönalişlar mavjud.
Buxoroda şakllangan tizimli va amaliyotga yönaltirilgan yondaşuv Xorazm kampusida ham davom ettirilmoqda. Öquv xonalari, laboratoriyalar, kutubxona va texnologik infratuzilma ta’lim sifatini ta’minlaşga xizmat qiladi. Professor-öqituvçilar tarkibida fan doktorlari, fan nomzodlari va tajribali mutaxassislar faoliyat yuritadi.

Ta’limda amaliy tajriba birinçi örinda
Xorazm kampusida pedagogika, iqtisodiyot, texnika, IT va yana yigirmadan ortiq zamonaviy yönalişlar mavjud. Har bir yönalişda ta’lim jarayoni amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştirilgan.


















