Internet va’dalarga töla: «tez boylik orttiriş» sxemalaridan tortib, bir neça klik orqali ideal juftni topişni taklif qiluvçi tanişuv ilovalari va ideal dam oliş haqidagi foydali takliflar. Ammo bu imkoniyatlarning barçasi bilan birga, aldanib qoliş ehtimoli ham paydo böladi va soxtalaştiriş tobora takomillaşib borgani sayin, onlayn firibgarlik oqibatida yöqotilgan pullar miqdori ortib bormoqda.
Kiberxavfsizlikka ixtisoslaşgan SkyShark kompaniyasining yangi tadqiqotiga köra, 2025 yilda dipfeyklar bilan boğliq firibgarlik oqibatida odamlar butun dunyo böylab taxminan 1,1 milliard dollar yöqotdi. Bu 2024 yilga nisbatan uç baravar köp, deyiladi Euronews maqolasida.
Uşbu yöqotişlarning 80 foizdan ortiği ijtimoiy tarmoqlarga töğri keldi, eng maşhur platformalar Facebook, WhatsApp va Telegram böldi.
Dipfeyk firibgarligining eng daromadli usullari firibgarlik sarmoyalarini tarğib qiliş uçun maşhur odamlardan tortib biznes va moliya yetakçilarigaça soxtalaştirilgan video va audio elementlarni öz içiga oladi.
2025 yilda Yevropa siyosatçilari ham bu sxemalardan çetda qolmadi. Masalan, videolardan birida Polşa prezidenti Karol Navrotski nutqi soxta investitsiya platformasini reklama qilayotgandek taassurot qoldiriş uçun özgartirilgan.
Yozda tarqalgan yana bir soxta videoda Germaniya kansleri Fridrix Mers ommani investitsiya platformasiga obuna bölişga çaqirgan, bu esa iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş taşkilotlarini soxta video haqida bong urişga majbur qildi.
Şuningdek, işqiy munosabatlar sohasidagi firibgarlik holatlari köpayib bormoqda, bunda firibgarlar jabrlanuvçilar bilan soxta işqiy munosabatlarni yaratiş uçun haqiqiydan ajratiş qiyin bölgan video va audio yozuvlardan foydalanmoqda. Firibgarlar öz qurbonlarini haqiqiy munosabatda ekanlikligiga işontirgaç, odatda ulardan şoşilinç tibbiy muolajalar uçun pul söraydi. Romantik firibgarlar öz qurbonlarini firibgarlik investitsiya sxemalariga ham jalb qiladi.
Fransiyada 2025 yil boşida bir ayolning hikoyasi keng tarqaldi, u aldov orqali maşhur aktyor Bred Pitt deb öylagan erkakni sevib qolişga majbur bölganini aytdi.
Aslida ayolni bir guruh firibgarlar aldadi, ular Hollivud yulduzi oğir kasal ekani va tibbiy muolajalar uçun pul kerakligiga işontirgan, oqibatda u 800 ming yevrodan köproq pul bergan.

















