
YPXga bo‘ysunmagan ikkita BMW voqeasining ishtirokchisi bo‘lganidan “faxrlanishi” va bu holatni tarqatgani uchun “kichkina jarima” bilan qutulib ketganini aytgan Asadbek Jumayev o‘shanda 8,4 mln so‘m jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Ma’muriy huquqbuzarlik JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sudning 2026 yil 16 yanvardagi qarorida yozilishicha, Asadbek Jumayev 7 yanvar kuni Instagram'dagi Uzbelas va UzbelasPerfomance sahifalarida bir guruh huquqbuzarlar tomonidan YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysinmay harakatlangani aks etgan videolavhani e’lon qilgan.
Surishtiruv organi Asadbek Jumayevning harakatini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-1-moddasi 1-qismi, ya’ni qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da’vat qilish bilan malakalagan. Bunday qilmish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Ishni ko‘rgan tergov sudyasi Botiralibek Omonov huquqbuzarning harakati MJtKning 195-2-moddasi, ya’ni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto-videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish bilan qayta malakalagan. Bundan huquqbuzarlik BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Sud qarori bilan, Asadbek Jumayev BHMning 20 baravari – 8 mln 420 ming so‘m jarimaga tortilgan.

Bosh prokuratura bugun, 27 fevral kuni e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, Uzbelas Performance avtoservisi rahbari Asadbek Jumayev ishtirokidagi videointervyu o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, holatga xolis huquqiy baho berish maqsadida 2026 yil 26 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga






